“Roma” Konferentsiyalar ligasi to‘purarlaridan birini xarid qilmoqchi

  • 02.07.2022 13:35
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Norvegiyaning "Bude-Glimt" klubi vingeri Ola Solbakken faoliyatini Italiya A seriyasida davom ettirishi mumkin, deya xabar beradi jurnalist Nikolo Skira.

Manbaga ko‘ra, 23 yoshli futbolchiga "Napoli" da’vogarlik qilmoqda. Shuningdek, “Roma” ham hujumkor yarim himoyachi uchun kurashishga tayyor.

Mazkur klublar Solbakken uchun qancha to‘lamoqchi ekanligi hozircha ma’lum emas. Ammo, shuni ta’kidlash kerakki, futbolchining Konferentsiyalar ligasida ko‘rsatgan o‘yinlaridan keyin “sovchilari” ko‘payib qolgan.

Solbakken o‘tgan mavsumda EKLda 15 o‘yin o‘tkazib, o‘z hisobiga 7 gol va 3 assist yozdirib qo‘ygan.

Olaning “Bude-Glimt” bilan shartnomasi shu yilning oxirigacha amal qiladi. “Transfermarkt” portali uning narxini 2 million evroga baholagan.

 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!