«Roma» Morega taklif tayyorlamoqda
«Roma» klubi «Portu» jamoasida to‘p surayotgan 19 yoshli hujumkor yarimhimoyachi Rodrigu Morani o‘z safiga qo‘shib olish ustida ish olib bormoqda. Bu haqida jurnalist Alfredo Pedulla xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, rimliklar hozircha «Galatasaray» va «Portu» o‘rtasidagi muzokaralarda yuzaga kelgan tanaffusdan foydalanish niyatida. «Roma» Mora uchun 45 million yevro atrofida taklif tayyorlamoqda, kelishuv doirasida qo‘shimcha bonuslar ham ko‘zda tutilgan.
«Portu» rahbariyati futbolchini sotish masalasini ko‘rib chiqishga tayyor. Klub Morani shartnomasida ko‘rsatilgan, taxminan 70 million yevro miqdoridagi to‘lovdan ancha kam summaga qo‘yib yuborishi mumkin. Tomonlar yaqin soatlarda muzokara o‘tkazishi rejalashtirilgan. «Roma» bugunning o‘ziyoq transfer bo‘yicha muayyan siljishga erishishni umid qilmoqda.
Shu bilan birga, rimliklar «Real» hujumchisi Endrik atrofidagi vaziyatni ham diqqat bilan kuzatib bormoqda. Italiya klubi madriddliklarning braziliyalik futbolchini ijaraga berish-bermaslik haqidagi qarorini kutmoqda.

Fikrlar