«Roma» Mourin'yo rad etgan Endrik uchun yanvarda yana harakat qiladi
2026 yil yozida «Roma» jamoasi Endrikni ijarga olish bo‘yicha muzokaralarni deyarli yakunlagan edi. Klubning sport direktori Toni D'Amiko Madridning «Real» jamoasi bilan 20 yoshli braziliyalik futbolchini ma'lum muddatga Rimga olib kelish haqida kelishuvga erishgan. Ammo eng oxirgi paytda Joze Mourinyo futbolchidan qarorni shoshmasdan qabul qilishni so‘radi. Endrik portugaliyalik mutaxassisni ishontirishga harakat qilishga qaror qildi va «Real»da qolib, o‘zini asosiy tarkibga tayyor ekanini isbotlashni tanladi.
Shunga qaramay, mavsum boshidan buyon hujumchiga amalda imkoniyat berilmadi — u faqat «Elche»ga qarshi o‘yinda to‘rt daqiqa maydonga tushdi, xolos. Keyingi jarohati tufayli to‘rtta uchrashuvni o‘tkazib yubordi. Sog‘aygandan so‘ng esa «Rayo Valyekano», Madriddning «Atletiko»si va Milaning «Inter»iga qarshi bellashuvlarda zahirada qoldi.
«Real» hujumida raqobat juda kuchli: Kilian Mbappe, Vinisius, Arda Gyuler, Brahim Dias, Bernardu Silva, Diamante, Espi kabi yulduzlar bor, dekabr oyida esa Rodrigo ham safga qaytishi kutilmoqda.
Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Avstraliyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinlaridan so‘ng Endrik atrofidagi vaziyatga ochiq munosabat bildirdi: «Braziliyalik yigitlarning asosiy muammosi shundaki, ular o‘ynamasdan turib rivojlana olmaydi. Bu Endrikka ham, Estevao kabi boshqa iqtidorlarga ham taalluqli. O‘yin amaliyotisiz o‘sish mumkin emas. Endrik kelajakda terma jamoa uchun muhim futbolchiga aylanadi, lekin hozir unga muntazam o‘ynash kerak», — dedi Anchelotti.
«Roma» rahbariyati Anchelottining bu so‘zlarini Endrikni ijarga olish g‘oyasiga ma'lum ma'noda qo‘llab-quvvatlash sifatida qabul qildi. Rim klubi qishki transfer oynasi ochilishi bilanyoq yana bir bor uni ijarga olishga urinib ko‘rishni rejalashtirmoqda.

Fikrlar