“Roma” muxlislari Shomurodov ketganini qanday qabul qildi?

  • 1 avgust, 2023, 00:10
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 5
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardori Eldor Shomurodovning ijara asosida “Roma”dan “Kalyari”ga ko‘chib o‘tgani rasman e’lon qilindi.

Endi o‘zbek hujumchisi bir mavsum Klaudio Raneri qo‘l ostida to‘p tepadi. Agar hamkorlik samarali chiqsa, sardiniyaliklar legionerimizni yana 9 million evro to‘lab, to‘liq transfer qilish imkoniga ega bo‘ladi.

Shomurodovning boshqa klubga o‘tgani rasman e’lon qilinganidan keyin “Roma” muxlislari transfer bo‘yicha o‘z fikr-mulohazalarini bildirmoqda.

363356988_830894138397941_1529027445395166799_n

Sports.uz sayti e’tiboringizga futbol ishqibozlarining munosabatlarini havola etadi.

Il Lupo Romolo:

Shomurodovning ketishi, Janluka Skamakkaning kelishiga eshik ochadi.

Maarcvaal:

Eldorni o‘ynatmay olib o‘tirgandan boshqa jamoaga berganimiz yaxshi bo‘ldi.

Nettunese Doc:

Shomurodov Rimda qolgani yaxshi edi. Biroq, unga imkoniyat berayotgani uchun janob Raneriga rahmat aytamiz.

JulianB:

Agar u ko‘p gol ursa, “Kalyari” transferni to‘liq sotib oladi.

Leodibrescia:

Eldorga omad tilaylik.

Myrme:

Yangi jamoasida balki bizga ham gol urar.

Mirco:

Shomurodovning ketgani yaxshi bo‘ldi, qolganida ahvoli o‘nglanmas edi. Endi Klaudio Raneri uning yangi qirralarini ochishini kutamiz.

Blouson Noir:

Balli Eldor, senga omad tilayman.

Golia89:

Ajoyib ish bo‘ldi. Agar murabbiy Shomurodovni maydonda o‘ziga mos joyda o‘ynatsa, o‘yini yana ochilib ketadi.

Carlo:

Agar Eldorni o‘zining pozitsiyada o‘ynatsa, u gol ura oladi. Uning o‘yin uslubi Kvalyarellaga o‘xshaydi. Unga jamoadoshlari imkoniyat yaratib berishi kerak. Biroq, hamma murabbiy ham hozir bu usuldan foydalanmaydi.

Pietro Parchi:

Eldorga salomlar. Umid qilamanki, sen yangi jamoada ko‘p gol urib, yana mavqeiningni tiklab olasan.

4f5fbe53d8ad1b24046432d3970746d68c068733-16x9-x0y75w800h450

Ddrmaancheno:

Eng muhim jihati shuki, Shomurodov 4-4-2 sxemasida o‘ynaydigan “Kalyari”ga o‘tdi. Bu usul o‘zbek futbolchisining o‘yin xarakteristikasiga juda mos tushadi. Qolaversa, hujum chizig‘ida Eldor bilan raqobatlashishi mumkin bo‘lgan Lapadula va Pavoletti bor xolos. Ularning ikkisi ham yoshi o‘tib qolgan. Kelasi mavsum Eldor o‘zini ko‘rsata olishiga ishonamiz.

Futbolchimiz Ispaniyaga ketishi kerak, u La Ligada aniq o‘ynay oladi...

“Lans” Husanovga asosiy tarkibdan joy ochyapti

Shomurodovni qo‘llab-quvvatlashmadi!

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Бахриддин М.З.
29/07/2023 20:52
Хурсанд булиб қўй сўйишибди қутилганига
&
Ilhom orolov
29/07/2023 18:50
Kim yozgan buni kayfda yozganmi tushunmadim oʻqib
&
Бахриддин М.З.
29/07/2023 10:26
Roma qutildi, saviyasi past oʻyinchidan
Farhod Ziyayev
28/07/2023 23:14
Файзуллаевни тавсия кил Раньерига, ЦСКА га бориб сарсон булмасин.
&
Азизжон
28/07/2023 18:04
Элдор олга биз Сенга ишонамиз