“Lans” Husanovga asosiy tarkibdan joy ochyapti

  • 1 avgust, 2023, 07:55
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston milliy terma jamoasi markaziy himoyachisi Abduqodir Husanovni qo‘lga kiritgan Frantsiya vitse-chempioni “Lans” tez orada etakchi himoyachisi Kevin Dansoni sotib yuborishga qaror qildi.

Tecno

Husanov frantsuz klubiga o‘tganidan keyin ushbu mamlakat futbolini kuzatib borayotgan aksariyat ekspertlar o‘zbek futbolchisi “Lans” himoyasi  etakchisi Kevin Dansoga munosib o‘rinbosar bo‘lishi mumkinligini bildirgandi.

d2aaec6e00b7d8b4f84789e9fdf87ad55d9c6af9

Amalda shunday bo‘lib chiqadigan ko‘rinadi. “Lans” rahbariyati avstriyalik himoyachi transferi bo‘yicha Italiya chempioni “Napoli” bilan muzokara olib bormoqda.

Taniqli jurnalist Santi Unaning yozishicha, neapolliklar 24 yoshli futbolchi uchun dastlabki rasmiy taklifni yuborgan. Unga ko‘ra, chempion jamoa Frantsiya vitse-chempioniga 22 million evro taklif qildi.

Manbaning ta’kidlashcha, “Lans” bu taklifni qabul qilmagan. Ular o‘z himoyachisini kamida 30 million evroga baholamoqda. Ayni paytda “Napoli” Kevin Danso nomzodidan voz kechgani yo‘q. Ular muzokaralarni davom ettirmoqda va tez orada navbatdagi taklifni tayyorlaydi.

“Napoli” murabbiylar shtabi Dansoni “Bavariya”ga o‘tib ketgan osiyolik futbolchi Kim Min Djega munosib o‘rinbosar sifatida jamoaga olib kelishni istayapti.

Dansoning o‘zi “Lans”dan ketishga shoshilmayotgan bo‘lsa-da, “Napoli” bilan shaxsiy shartnoma bo‘yicha kelishib bo‘lgan. Unga ko‘ra, avstriyalik o‘yinchi Neapol klubida to‘rt mavsum o‘ynashi va yiliga 3 million evrodan maosh olishi belgilangan.

Kevin Danso Angliyaning “Reding”, “MK Dons” va Germaniyaning “Augsburg” jamoalari tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Professional faoliyatini 2017 yili “Augsburg”da boshlagan. Keyinchalik Angliyaning “Sautgempton” va Germaniyaning “Fartuna” klublarida ijara asosida to‘p tepgan.

“Lans” vakillari 2021 yilning yozida iste’dodli himoyachini  “Augsburg”dan 5,5 million evro evaziga xarid qildi.    

Kevin Danso Angliya chempionatida oltita uchrashuv o‘tkazgan. Bundesligada 41 marotaba maydonga tushib, o‘z hisobiga uchta gol va ikkita assist rasmiylashtirgan. Frantsiya chempionatida esa, jami 70 ta bellashuvda qatnashdi. Bu o‘yinlarda himoyadagi vazifasini bajarishdan tashqari, raqiblar darvozasini uch marotaba ishg‘ol qilib, jamoadoshlariga oltita golli pas uzatdi.

Danso 15 yoshidan boshlab, Avstriyaning barcha yoshdagi terma jamoalarida asosiy o‘yinchilardan bo‘lgan. Milliy terma jamoadagi faoliyatini olti yil muqaddam boshlagan himoyachi shu paytga qadar 13 marotaba o‘yin o‘tkazdi.

“Lans” Danso bilan 2026 yilning yarmigacha davom etadigan shartnomaga ega. Shunga qaramay, frantsuzlar bu o‘yinchini mo‘may pulga sotib yuborib, o‘rniga Abduqodir Husanovni o‘ynatishni rajelashtirmoqda.

20230724_arrivee_mercato_rclens_khusanov_abdukodir_2 (1)

Frantsiya vitse-chempioni Abduqodir Husanov transferi uchun Bulerasning “Energetik-BGU” klubi uchun 100 ming evro to‘ladi. “Lans” 25-raqamni tanlagan o‘zbek futbolchisi bilan to‘rt yil davom etadigan bitim tuzgan.

Shomurodovni qo‘llab-quvvatlashmadi!

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!