“Roma” o‘rnini “Milan” egallaydi

  • 01.07.2022 21:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Roma” rahbariyati 6 avgust kuni Gamper kubogi doirasida “Barselona” bilan o‘ynashga rozilik bergan edi.

Keyinchalik rimliklar bu fikridan qaytdi va o‘z qarorini yozgi o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlari rejasi o‘zgargani bilan izohladi.  

Joze Mourino talabiga ko‘ra, jamoa Rimdan uzoqlashmagan holda mavsumga puxtaroq tayyorlanishga qaror qilgan.

Endi Kataloniya mezbonlik qiladigan turnirda “Roma” o‘rniga Italiya chempioni “Milan” qatnashadi.

“Barselona” klubi tomonidan uyushtiriladigan Gamper kubogi Evropa futbolining eng qadimgi o‘rtoqlik turnirlaridan biri hisoblanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!