"Roma" Pastoredan tezroq qutulmoqchi

  • 11.04.2019 00:41
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

"Roma" klubi rahbariyati jamoa yarim himoyachisi Xaver Pastoreni transferga qo‘ymoqchi. Bu haqda Calciomercato nashri xabar bermoqda.

Yuqoridagi manbaaga ko‘ra 29 yoshli argentinalik futbolchi faoliyatini o‘z vatanida davom ettirishi mumkin. Boisi, unga "River Pleyt" klubidan jiddiy qiziqishlar bo‘lmoqda.

Ma’lumot uchun, Pastore “Roma”ga o‘tgan yilning yozida PSJdan 25 mln evro evaziga ko‘chib o‘tgan edi. U joriy mavsum rimliklar safida 14ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 3ta gol hamda 1ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!