“Roma”: Qatardan kelsang, maoshing oshadi!
“Roma” rahbariyati Qatardagi jahon chempionatida o‘ynagan Nikola Zalevskiga yangi bitim taklif qilib, uning maoshini sezilarli darajada oshiradigan bo‘ldi.
20 yoshli polshalik futbolchi bir necha pozitsiyasida o‘ynay olishi bilan Joze Mourino ishonchini qozondi.
Corriere dello Sport nashrining ma’lum qilishicha, klub sport direktori futbolchi jahon chempionatidan qaytishi bilan uning vakillari bilan uchrashib, yangi shartnomani muhokama qilishga tayyorlanmoqda.
Zalevskining amaldagi shartnomasi 2025 yilning yozigacha tuzilgan va bu hujjat asosida u har mavsum uchun 500 ming evro maosh olyapti. Universal o‘yinchiga xaridorlarning ko‘payib borayotgan “Roma” mutasaddilarini Zalevskiga katta maosh ko‘rsatilgan yangi shartnoma taklif etishga majbur qilyapti.

Fikrlar