"Roma" Rimda "Real Sosedad" ustidan ishonchli hisobda g‘alaba qozondi

Evropa Ligasi 1/8 final bosqichidan o‘rin olgan "Roma" va "Real Sosedad" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin yakunlandi. Mazkur bellashuvda maydon egalari 2:0 hisobida zafar quchdi.

Bahsning 13-daqiqasida Abrahamning uzatmasidan keyin Stefan El-Shaaravi hisobni ochdi. 87-daqiqada esa Dibalaning uzatmasini Kumbula golga aylantirdi.

Shu tariqa, Mourino shogirdlari keyingi bosqichga chiqish uchun katta qadam tashladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!