"Roma" safardan g‘alaba bilan qaytadigan bo‘ldi, Shomurodov zaxiradan maydonga tushdi
A Seriya 31-turidan o‘rin olgan "Sampdoriya" - "Roma" uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Mazkur bahsda mehmonlar 1:0 hisobida raqibdan ustun keldi.
O‘yindagi yagona gol 27-daqiqada Mxitaryan tomonidan kiritildi.
Shu tariqa, "bo‘rilar" hisobidagi ochkolari sonini 54 taga etkazib olgan holda, A Seriya turnir jadvalida 5-o‘ringa yuqoriladi. 29 ochkosi bor "Sampdoriya" 16-pog‘onani band etgan.
Qayd etish lozim, legionerimiz Eldor Shomurodov mazkur bellashuvning 81-daqiqasida Abraxam o‘rniga maydonga tushdi.

Fikrlar