"Roma" Shomurodov o‘rniga italiyalik hujumchini olib kelmoqchi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Torino" sobiq hujumchisi Andrea Belotti faoliyatini "Roma"da davom ettirishi mumkin.

"Calciomercato" nashrining xabariga ko‘ra, rimliklar Abraxamga zaxira varianti sifatida italiyalik forvardni olib kelmoqchi. Ayni damda Andrea erkin agent hisoblanadi.

Manbaning qo‘shimcha qilishicha, ushbu transfer faqatgina Shomurodov sotib yuborilsa amalga oshishi mumkin. Belotti o‘tgan mavsum A Seriyada 22 ta o‘yinda maydonga tushib, 8 ta gol urgan va bitta golga hammualliflik qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!