"Roma" Smollingning transferini MYudan to‘liq sotib olmoqchi

  • 30 dekabr, 2019, 21:12
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Roma" klubi "Manchester Yunayted"dan ijaraga olgan himoyachi Kris Smollingning transfer huquqini to‘liq sotib olmoqchi. Bu haqda italiyalik jurnalist Nikola Skira xabar bermoqda.

Tecno

Yuqoridagi manbaaga ko‘ra “bo‘rilar” angliyalik futbolchi evaziga “qizil iblislar”ga 15 mln evro va yana 3 mln evro bonus qo‘shib berishga tayyor. MYu esa futbolchisini kamida 20 mln evroga sotishni rejalashtirmoqda. Smollingning o‘zi ham Italiyada qolishga tayyor.

Ma’lumot uchun, Smolling joriy mavsum “Roma”da 12 ta o‘yinda maydonga tushdi va 2 ta gol urishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!