Asosiy mazmunga oʻtish

"Roma" "Tottenxem" futbolchisini nishonga oldi

Izohlar: 0

Futbolchi Londonda qolishni istayapti.

"Roma" klubi "Tottenxem" vakili Lukas Mouraga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda "Tuttomercatoweb" nashri xabar berdi. 

Rimliklar Mourani yaqinda ketishga qaror qilgan Nikolo Dzanologa o‘rinbosar bo‘lishini istamoqda. Biroq futbolchi Londonni tark etish haqida bosh qotirmayapti. U "Galatasaroy"dan kelgan taklifni ham rad etgani aytilmoqda. 

Ma’lumot o‘rnida, Lukasning "shporlar" bilan amaldagi shartnomasi shu yilning yoz faslida yakuniga etadi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q