“Roma” uchun qanday o‘ynashimni ko‘rasizlar!

  • 07.07.2022 18:40
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Roma”ning yangi o‘yinchisi Mehmet Zeki Chelik transferdan keyin o‘z fikr-mulohazalari bilan o‘rtoqlashdi.

- Bunday katta klub uchun o‘ynash men uchun sharaf. Maqsadlarim yuksak va jamoaga muvaffaqiyat qozonishda yordam berishni istayman.

O‘zimni yangi chorlovga tayyor his qilyapman. Hech qachon taslim bo‘lmayman. Har doim maydonda qanday kurashishimni ko‘rasizlar, - dedi Chelik.

Turkiya terma jamoasi futbolchisi “Roma”ga “Lill”dan ko‘chib o‘tdi. O‘tgan mavsumda Chelik 40 marotaba maydonga tushib, o‘z hisobiga uchtadan gol va assist rasmiylashtirgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!