"Roma" va "Inter" o‘zaro etakchi futbolchilarini almashtirishi mumkin

  • 28 yanvar, 2021, 20:26
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Italiyaning ikki grandi - "Inter" va "Roma" o‘zaro futbolchi almashtirishi mumkin. Bu haqda jurnalist Fabritsio Romano xabar bermoqda.

Unga ko‘ra, "Roma" hujumchisi Edin Jeko Milanga, "Inter" hujumchisi Aleksis Sanches esa, Rimga yo‘l olishi mumkin. Muzokaralar boshlang‘ich bosqichda muhokama qilinmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Jeko rimliklar safidan haydalgan va jamoa bosh murabbiyi Paulu Fonseka bilan ziddiyatdan so‘ng, sardorlik bog‘ichidan mahrum qilingan edi. 34 yoshli bosniyalik futbolchi joriy mavsum A Seriyada 15 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 7 ta gol yozdirib qo‘ydi.

32 yoshli Sanches esa “Inter” safida jami 23 ta o‘yinda ishtirok etdi va 2 ta gol hamda 3 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!