"Roma" yozda "Real" futbolchisini sotib olishga urunib ko‘radi

  • 22.03.2019 17:50
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

"Real" Madrid klubi himoyachisi Nacho Fernandes faoliyatini Italiya A Seriyasida davom ettirishi mumkin.

AS nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 29 yoshli ispaniyalik futbolchiga “Roma”dan qiziqishlar paydo bo‘la boshlagan. Rim klubi uni mavsumlar oralig‘idagi transferlar davrida sotib olmoqchi. Uning transfer narxi 30 mln evroni tashkil etadi.

Ta’kidlash kerakki, Eder Militau “Real” safiga ko‘chib o‘tgach, Fernandes asosan zaxira futbolchisiga aylanib qoldi. Shu bois uning o‘zi ham yozda jamoasini o‘zgartirishga qarshi emas.

Ma’lumot uchun, Nacho “qirollik klubi” safida 2011 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U joriy mavsum 24ta o‘yinda maydonga tushdi va jamoasining 1ta goliga assistentlik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!