“Roma” yulduzi Mourino bilan urishib qolib, boshqa chempionatga yo‘l oldi

  • 13 avgust, 2023, 19:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

“Roma” rahbariyati bosh murabbiy Joze Mourino eng yoqtirgan shogirdlaridan biri – Nemanya Matichni boshqa jamoaga sotib yubordi.

Matichni “Manchester Yunayted”dan Rimga ko‘chib o‘tishga portugaliyalik murabbiy ko‘ndirgan edi. Nemanya bu murabbiy qo‘l ostida “Chelsi” va “Manchester Yunayted”da to‘p tepgan.

Endi “Roma” ular hamkorlikda ishlagan uchinchi va oxirigi jamoa bo‘ladi. Matichning poytaxtdan ketishiga Mourino bilan urishib qolgani sabab bo‘ldi.

35 yoshli serbiyalik futbolchi faoliyatini “Renn”da davom ettiradi. Frantsuzlar tajribali yarim himoyachi uchun 3 million evro to‘lashga rozi bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!