
"Roma"da matematik imkoniyat ham qolmadi! EChLga yo‘l olgan 4 ta Italiya klubi nomi ma’lum
Xabaringiz bor, dam olish kunlari Italiyada 35-tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi.
Ushbu turda ikki etakchi "Milan" (1:0) hamda "Inter" (2:1) qiyinchilik bilan g‘alaba qozondi, "Napoli" esa raqibini 6:1 hisobida taslim etdi.
Shuningdek, 4-o‘rinda borayotgan "Yuventus" "Venetsiya"dan 2:1 hisobida ustun keldi, "Roma" esa "Bolonya" bilan o‘yinda nursiz durangga imzo chekdi.
Shu tariqa, "Milan", "Inter", "Napoli" hamda "Yuventus" kelasi mavsum EChLda o‘ynaydigan bo‘ldi.
Fikrlar