“Roma”ga yaxshi xabar

  • 22 oktabr, 2022, 13:03
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Roma” bosh murabbiyi Joze Mourino “Napoli”ga qarshi o‘tkaziladigan muhim uchrashuvdan oldin yaxshi xabar eshitdi.

Tecno

Jarohat olib safdan chiqqan Zeki Chelik tizzasidagi og‘riqlardan butkul forig‘ bo‘lib, asosiy guruh mashg‘ulotlariga qo‘shildi.

25 yoshli futbolchining jarohati biroz jiddiy edi. Mutaxassislar turkiyalik himoyachi oktyabr oyi oxiri yoki jahon chempionatidan keyin safga qaytishini taxmin qilgandi.Tiklanish jarayoni ancha erta yakunlandi.

Yozda jamoaga qo‘shib olingan Zeki Chelik joriy mavsumda to‘qqizta uchrashuvda maydonga tushib, jami 509 daqiqa o‘ynadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!