Romano: "Arsenal" PSJ hujumchisini qo‘lga kirita olmaydi"
Fabricio Romano PSJ vingeri Xvicha Kvaratsxeliyaning ehtimoliy transferi haqida fikr bildirdi.
"Kvaratsxeliyaning "Arsenal"ga o‘tishi borasida savollar bor. "Kanonirlar" yozda uni transfer qila olishi qiyin, chunki PSJ gruziyalik futbolchini sotilmaydigan o‘yinchi deb hisoblaydi. Londonliklar uni aniq qo‘lga kirita olmaydi. Parijliklar bu futbolchini saqlab qoladi", — dedi Romano.
Ma’lumot uchun, "Arsenal" Kvaratsxeliyani o‘z safiga qo‘shib olishga qiziqish bildirgan. Futbolchi o‘tgan yil yanvaridan beri PSJ sharafini himoya qilib kelmoqda.
Joriy mavsumda 35 ta o‘yinda ishtirok etgan Kvaratsxeliya 11 ta gol urib, 7 ta golli uzatma muallifi bo‘lgan.
Fikrlar