Romanodan yangisi! Gvardiola Husanov transferiga munosabat bildirgan

  • 10 yanvar, 13:10
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Siti" Abduqodir Husanovni sotib olishga yaqin turibdi. Pep Gvardiolaning shaxsan o‘zi ushbu transferga "yashil chiroq" yoqqan. 

10 kun oldin ma’lu bo‘lishicha, u "shaharliklar"ning asosiy transfer maqsadi. "Lans" bilan muzokaralar ayni vaqtda yakuniy bosqichda. Bu haqda taniqli insayder Fabritsio Romano biroz avval o‘zining "X" sahifasi orqali xabar berdi. 

Ma’lum bo‘lishicha, Husanovning o‘zi "shaharliklar" bilan shaxsiy shartnoma shartlarini kelishib olgan. 

Avvalroq chiqqan xabarlarga ko‘ra, Husanovning transfer summasi bonuslari bilan 50 million bo‘lishi kutilmoqda. 

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!