Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

Ronaldу Oʻzbekiston klubiga qarshi oʻyin oldidan bayonot berdi

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Krishtianu katta rekordini nishonladi

Portugaliya terma jamoasidagi voqealar tufayli bir necha kundan beri futbol jamoatchiligi diqqat markazida turgan  "An-Nasr" klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Saudiya Arabistoni Pro-ligasi 8-turidan o‘rin olgan uchrashuvda gol urdi. 

O‘z maydonidagi "Ad-Diriya" klubini qabul qilgan riyodliklar hujumchisi Krishtianu Ronaldu raqib ustidan qozonilgan yirik g‘alabadan so‘ng fikr bildirdi. 

«Ish bajarildi. Endi navbatdagi o‘yinga!» — deb yozdi Ronaldu ijtimoiy tarmoqdagi X sahifasida.

"An-Nasr" ushbu uchrashuvda raqib darvozasini javobsiz uch marta ishg‘ol etib, 3:0 hisobida g‘alaba qozondi. Hisobni 23-daqiqada Krishtianu Ronaldu ochdi — bu uning klublar va terma jamoa uchun urgan gollari sonini 980 taga yetkazdi. 

Ta’kidlash lozimki, Ronaldu professional faoliyati davomida eng ko‘p gol urgan futbolchi hisoblanadi va uning har bir goli yangi rekord sifatida qayd etiladi.  

Bu bahsning 35-daqiqasida Samu Koshta mezbonlar ustunligini oshirdi, 77-daqiqada esa Kingsli Koman uchinchi golni urgan holda yakuniy hisobni o‘rnatdi.

Bu g‘alabadan so‘ng Ronaldu jamoasi ochkolarini 19 taga yetkazib, turnir jadvali peshqadami "Al-Qodisiya"ni quvib yetdi. Biroq "An-Nasr" hozircha to‘plar nisbati bo‘yicha raqibidan orqada turibdi. 

Klubning navbatdagi uchrashuvi 12 oktyabr kuni o‘z maydonida O‘zbekistonning amaldagi chempioni "Neftchi"ga qarshi Osiyo Elit Chempionlar Ligasi doirasida bo‘lib o‘tadi. Bellashuv Toshkent vaqti bilan soat 23:15 da start oladi. 

Saudiya Arabistoni chempionati doirasida esa "An-Nasr" 15 oktyabr kuni safarda "Al-Ahli"ga qarshi maydonga tushadi. 

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q