Ronaldinьo ayni paytda eng yaxshi futbolchi kim ekanligini aytdi
Braziliya terma jamoasi va “Barselona”ning sobiq yulduzi Ronaldinьo hozirgi kundagi eng yaxshi futbolchi kim ekani haqida fikr bildirdi. Unga koʻra, bu nom hali ham Lionel Messiga tegishli:
“Lionel Messi men uchun hali ham dunyodagi eng yaxshi futbolchi. U Jahon chempionatiga aʼlo formada yetib borishiga umid qilaman, shunda u yana moʻjizalar yaratа oladi”, — dedi Ronaldinьo.
Maʼlumot uchun, oʻtgan mundialda Argentina terma jamoasi aynan Messi yetakchiligida chempionlikni qoʻlga kiritgan edi. Hozirda u klub darajasida “Inter Mayami” sharafini himoya qilmoqda.
Fikrlar