Ronaldino eng yaxshi klub nomini aytdi
PSJ va Braziliya terma jamoasi sobiq futbolchisi Ronaldino Parij klubi haqida fikr bildirdi.
"Dunyodagi barcha futbolchilar PSJda o‘ynashni istaydi. Eng kuchlilar Parij klubida. Demak, bu eng yaxshi klub.
Mbappe uzoq vaqtdan beri shu erda. Bugun PSJ jahon standarti hisoblanadi. Mbappening faoliyati uchun Chempionlar ligasida g‘alaba qozonish ajoyib bo‘lardi. U yosh va allaqachon ko‘p yutuqlarga erishgan.
Parijliklarning EChLda g‘alaba qozonish imkoniyati yuqori. Sababi, ularda jahon darajasidagi o‘yinchilar ko‘p", - dedi Ronaldino.
Fikrlar