Ronaldino jazo muddatini ham go‘zallar qurshovida o‘tkazyapti

  • 12.08.2020 11:02
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Braziliyalik futbol afsonasi Ronaldino hayotini o‘yin-kulgisiz tasavvur qilolmaydi.

Paragvayda soxta pasport bilan qo‘lga tushgan Ronaldino va akasi bir oy qamoqda o‘tirdi. Shundan so‘ng 1,6 mln dollar garov evaziga ularni uy qamog‘iga olib o‘tishdi. Hozir jinoyatchi aka-ukalar bir kecha-kunduzi 400 dollar turadigan qimmatbaho mehmonxonada yashamoqda.

So‘nggi xabarlarga qaraganda, Ronaldino mehmonxonaga bir nechta modellarni taklif qilib, uy qamog‘i shartlarini buzgan. Hozircha bu holat yuzasidan futbolchiga qanday chora ko‘rilishi noma’lum.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!