Ronaldino Messidan nima xohlaydi?

  • 26.03.2023 11:10
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Braziliyalik futbol yulduzi Ronaldino “Barselona”dagi sobiq jamoadoshi Lionel Messiga faoliyatini Kataloniya klubida yakunlashga chaqirdi.

Jurnalistlarga bergan intervyusida braziliyalik futbolchi Messini o‘zining do‘sti deb bilishini aytdi.

"Men uni qaerda o‘ynashidan qat’i nazar, baxtli ko‘rishni xohlayman. Agar Messi o‘z futbol tarixining muhim qismini o‘tkazgan "Barselona"da faoliyatini yakunlasa ajoyib bo‘lardi", - dedi u.

Bundan tashqari, Ronaldino argentinalik hujumchini dunyoning eng yaxshi futbolchisi deb aytdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!