
Ronaldino ozodlikka chiqarildi
Xabaringiz bor kecha braziliyalik futbol afsonasi Ronaldino Peruda soxta pasport bilan qo‘lga olingani haqida xabar bergan edik.
Globo Esporte nashrining yozishicha Ronaldino bugun qo‘yib yuborilgan.
Aytish kerakki, Ronaldino Braziliyada ekologiyaga zarar etkazgani uchun katta miqdorda jarimaga tortilgan hamda undan fuqarolik pasporti olib qo‘yilgan edi. Aynan shu sababli ham u qalbaki pasportdan foydalangan bo‘lishi mumkinligi taxmin qilinmoqda.
Fikrlar