Ronaldino qamoqxonadan chiqdi. Faqat...

  • 08.04.2020 10:13
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

"Barselona" klubi va Braziliya terma jamoasi sobiq futbolchisi Ronaldino Paragvaydagi qamoqxonadan ozod etildi.

Globo Esporte nashrining xabar berishicha, futbol yulduzini 1,6 million evro garov evaziga qo‘yib yuborishgan. Endi Ronaldino va uning akasi Asunson shahridagi mehmonxonada uy qamog‘ida yashab turishadi. Tergovda esa masofadan turib videoaloqa tizimi orqali qatnashishadi.

Ta’kidlash kerakki, Ronaldino akasi bilan birga Paragvay chegarasida qalbaki pasport bilan qo‘lga olingan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!