
Ronaldo terma jamoani Gvardiola boshqarishini istayapti
Xosep Gvardiolaning “Manchester Siti”dagi kelajagiga oid qator savollar tug‘ilmoqda. Garchi ispaniyalik mutaxassis o‘tgan yoz klub bilan amaldagi shartnomani 2027 yilning yarmigacha uzaytirgan bo‘lsa-da, klub rahbariyati uning o‘rniga boshqa nomzodlar qidirayotgani haqida ma’lumotlar bor.
O‘z navbatida, Xosep Gvardiola ishsiz qolmaydi. Braziliyalik futbol yulduzi Ronaldo besh karra jahon chempionlarini aynan ispan murabbiyi boshqarishini istayapti. Ronaldoni Braziliya futbolida katta ta’sir kuchiga ega bo‘lgan bir necha mutasaddilari qo‘llab-quvvatlayotgani aytilmoqda.
Yaqinda Braziliya futbol konfederatsiya terma jamoaga bir yil atrofida bosh murabbiylik qilgan Dorival Juniorni iste’foga chiqargan edi. Bunga braziliyaliklarning 2026 yilgi jahon chempionati saralashida Argentina terma jamoasiga 1:4 hisobida yutqazgani sabab bo‘lgan.
Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyligiga nomzodlar orasida Xosep Gvardioladan tashqari Karlo Anchelotti va Joze Mourino kabi tajribali mutaxassislar ham bor.
Fikrlar