
Ronaldu - dunyoning eng hurmatli sportchisi, Messi esa Putindan mashhurroq
YouGov kompaniyasi dunyoning eng hurmatli insonlari reytingini tuzib chiqdi. Birinchi pog‘onadan AQShning sobiq prezidenti Barak Obama joy oldi. U bu borada “Maykrasoft” asoschisi Bill Geytsni ortda qoldirdi.
Sportchilar orasida esa, “Yuventus” forvardi Krishtianu Ronaldu eng hurmatli deya qayd etildi. Portugaliyalik futbol yulduzi umumiy reytingda 6-o‘rinni egalladi.
Ronalduning ashaddiy raqobatchisi Lionel Messi 11-o‘rindan joy oldi. “Barselona” sardori 12-o‘rinda qayd etilgan Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putinni ortda qoldirdi.
35 yoshli Ronaldu faoliyati davomida 5 marta “Oltin to‘p”ga sazovor bo‘lgan bo‘lsa, 33 yoshli Messi esa bu sovrinni 6 marta qo‘lga kiritgan.
Fikrlar