Ronaldu, Bloxin, Ronaldino. Dunyoning eng yaxshi chap qanot hujumchisi kim?
Dunyoga mashhur France Football nashri tarixdagi eng yaxshi chap qanot hujumchisi bo‘lishga da’vogar 10 ta futbolchi nomini e’lon qildi.
Ushbu nom uchun Oleg Bloxin (sobiq SSSR), Krishtianu Ronaldu (Portugaliya), Dragan Jaich (sobiq Yugoslaviya), Rayan Giggz (Uels), Terri Anri (Frantsiya), Rivaldo, Rivelino, Ronaldino (barchasi – Braziliya), Karl-Xaynts Rummenigge (Germaniya) va Xristo Stoichkov (Bolgariya) kabi futbolchilar nomzodi bor.
G‘olib nomi dunyoning eng etakchi 177 ta jurnalisti orasida o‘tkaziladigan so‘rovnomaga ko‘ra aniqlanadi.
Fikrlar