
Ronaldu 243 daqiqadan beri gol ura olmayapti
"An-Nasr" hujumchisi Krishtianu Ronaldu bugun "Inter"ga qarshi o‘yinda ham gol ura olmadi. Bellashuvda riyodliklar 1:1 hisobida Italiya klubi bilan durang o‘ynadi.
Shu tariqa, Ronalduning golsiz seriyasi 243 daqiqaga etdi. U oxirgi marta 23 may sanasida "Al-Shabab" darvozasini ishg‘ol qilgandi. Shundan so‘ng o‘tkazilgan 4 o‘rtoqlik bahsida Krishtianu maydonni golsiz tark etdi.
Eslatib o‘tamiz, "An-Nasr" safida portugaliyalik megayulduz shu vaqtga qadar 14 ta gol va 2 ta assist qayd etishga muvaffaq bo‘lgan.
Fikrlar