
Ronaldu antirekord bilan turnirni yakunladi
Krishtianu Ronaldu to‘pga teginish ko‘rsatkichi bo‘yicha Evro va Jahon chempionatlaridagi antirekordini o‘rnatdi.
"Evro-2024"da 39 yoshli portugaliyalik forvard har bir uchrashuvda o‘rtacha 29,1 marotaba to‘pga tegdi. U mazkur turnirda 5 ta o‘yin o‘tkazdi. Kecha Portugaliya Frantsiyaga mag‘lub bo‘lib, (0:0, 3:5 penaltilar seriyasi) turnirni tark etdi.
Uning eng yaxshi ko‘rsatkichi 2006 yildagi Jahon chempionatida bo‘lgan - 66,2.
Uning qolgan turnirlardagi natijasi bilan tanishing:
"Evro-2004" – 61,1
"Evro-2008" – 59,7
"JCh-2010" – 46,3
"Evro-2012" – 45,8
"JCh-2014" – 54
"Evro-2016" – 45,4
"JCh-2018" – 49,8
"Evro-2020" – 47,3
"JCh-2022" – 39.
Fikrlar