Ronaldu Antonini "An-Nasr"ga olib kelishni istagan edi

  • 03.09.2025 14:45
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol

"An-Nasr" hujumchisi va sardori Krishtianu Ronaldu vinger Antonini Saudiya klubida ko‘rishni istadi. Jurnalist Markos Bernatning Marcador dasturida ma’lum qilishicha, braziliyalik yozda "An-Nasr"ga o‘tishga yaqin turgandi. Ronaldu Antonining ehtimoliy transferini ijobiy baholagan.

"U "An-Nasr" bilan muzokaralar olib bordi, futbolchi taklifni tingladi va Krishtianuning atrofida kelishuv deyarli hal bo‘lgan deb hisoblashdi. O‘sha paytda Krishtianu bu g‘oyani ijobiy qabul qildi va bu haqda futbolchining o‘ziga ham ma’lum qilishdi", - deya Bernatning so‘zlarini keltiradi Marca.

Natijada, "An-Nasr" Kingsli Komanni sotib olishga e’tibor qaratdi. O‘z navbatida, Antoni dastlab "Betis"ga o‘tishni xohlagan va u erda yarim yil ijara asosida o‘ynagan. Ispan klubini tanlashning asosiy sababi - jahon chempionatida o‘ynash istagi.

1 sentyabr, dushanba kuni 25 yoshli vinger "Betis"ga o‘tgani ma’lum bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!