Ronaldu bir o‘yinda bir nechta rekord o‘rnatdi

  • 24 mart, 2023, 08:59
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Portugaliya terma jamoasining 2024 yili bo‘ladigan Evropa chempionatining saralash turniri birinchi turida Lixtenshteynga qarshi o‘tkazgan uchrashuvi Krishtianu Ronaldu uchun tarixiy ahamiyat kasb etdi.

Tecno

O‘z yurti termasi uchun 197-uchrashuvini o‘tkazgan portugaliyalik yulduz xalqaro maydonda eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan futbolchigan aylandi.

Shuningdek, bellashuvda dubl qayd etgan Ronaldu terma jamoa safida eng ko‘p gol urish bo‘yicha o‘ziga tegishli rekordni yangilab, gollari sonini 120 taga etkazib oldi.

Lixtenshteyn darvozasini ikki bor ishg‘ol qilish orqali 38 yoshli futbolchi yana bir rekord sohibi bo‘ldi. Ronaldu milliy terma jamoasi uchun rasmiy bahslarda 100 ta gol urgan birinchi futbolchi sifatida o‘z nomini tarixga muhrladi.

Bundan keyin Krishtianu Ronaldu o‘tkazadigan har bir o‘yin va uradigan gollari yangi ko‘rsatkich sifatida qayd etiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!