Ronaldu: "Bu mavsumda chempionlikni kutyapman"

  • 08.08.2025 16:29
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Portugaliyalik yulduz Krishtianu Ronaldu bu mavsumda "An-Nasr" bilan chempion bo‘lishga umid qilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Ar-Riyod klubi bosh murabbiylik postiga "Al-Hilol" sobiq ustozi Jorje Jezushni olib kelgan edi. 

"Jorje Jezush jamoaga boshqa energiya, boshqa kontseptsiya olib kiradi. Asta-sekin harakat qilishimiz kerak, jamoa a’lo darajada mashg‘ulotlar o‘tkazmoqda.

Bu mavsumda aynan shunga umid qilyapman - barqarorlik va chempionlik", - dedi "An-Nasr" hujumchisi Krishtianu Ronaldu.

O‘tgan mavsumda "An-Nasr" Saudiya Arabistoni chempionatida uchinchi o‘rinni egallagan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!