Ronaldu daromad topish bobida Messini ortda qoldirdi

 

France Football nashri 2016/17 yilgi mavsumda eng ko‘p daromad topgan futbolchilar reytingini e’lon qildi.

Ro‘yxat futbolchining maoshi, bonuslari va reklamadan tushadigan daromadini inobatga olgan holda tuzilgan.

Futbolchilar orasida Portugaliya terma jamoasi va “Real” klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu birinchi o‘rinni egalladi. U joriy mavsumda 87,5 mln evro ishlashga ulgurdi.

Ikkinchi o‘rindan “Barselona” klubi va Argentina termasi etakchisi Lionel Messi (76,5 mln evro) joy oldi. Kuchli uchlikka braziliyalik iqtidorli hujumchi, “Barselona”ning yana bir a’zosi Neymar kirdi (55,5 mln evro).

“Real” yarim himoyachisi Garet Beyl (41 mln evro) va “Xebey Chayna Forchun” a’zosi Esekel Lavessi (28,5) mos ravishda 4–5 o‘rinlarni egalladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!