
Ronaldu do‘stiga PSJga o‘tish istagi borligi haqida aytdi
Madridning “Real” klubi forvardi Krishtianu Ronaldu yozda PSJga o‘tishni rejalashtirmoqda.
Don Balon nashri tarqatgan xabarga qaraganda 33 yoshli portugaliyalik futbolchi o‘z do‘stlaridan biriga Parij klubiga o‘tish istagi borligi haqida aytgan. Aytish lozimki, “qirollik klubi” ham o‘z navbatida PSJ forvardi Neymarni sotib olishga bel bog‘lagan.
Eslatib o‘tamiz, “Real” Chempionlar ligasi 1/8 finalida aynan PSJga qarshi bahs olib boradi. Ushbu jamoalar ishtirokidagi dastlabki bahs ertaga Madridda bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar