Ronaldu faoliyatini qachon yakunlaydi?
Portugaliya terma jamoasi bosh murabbiyi Fernandu Santush "Yuventus" hujumchisi Krishtianu Ronaldu qachon faoliyatini yakunlashini aytdi.
“Ronaldu 40 yoshgacha o‘ynay oladi. Lekin u buning sodir bo‘lishini bilmaydi. Qachondir u endi yuqori saviyada o‘ynay olmasligini his qilishi mumkin. U esa past darajada o‘yin ko‘rsatishga rozi bo‘ladigan futbolchilar toifasiga kirmaydi. U buni sezgan paytdayoq o‘z-o‘zidan faoliyatini yakunlaydi”, - dedi Santush.
35 yoshli Ronaldu joriy mavsum “Yuventus” safida 2 ta o‘yinda maydonga tushdi va 3 ta gol urdi.
Fikrlar