Ronaldu faoliyatini yakunlagach nima ish qilmoqchi?
"Manchester Yunayted" hujumchisi Krishtianu Ronaldu futbolchilik faoliyatini yakunlaganidan so‘ng murabbiy bo‘lmoqchi. Bu haqda The Sun nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra, 36 yoshli portugaliyalik futbolchi bir necha yildan so‘ng "qizil iblislar"ning yoshlar jamoasiga murabbiy bo‘lmoqchi. Shu tariqa, Krishtianu o‘g‘li 11 yoshli o‘g‘lining katta futbolga qadam qo‘yishini kuzatmoqchi.
Ronaldu joriy mavsum "Manchester Yunayted" safida to‘rtta o‘yinda maydonga tushib, 4ta gol urdi. Uning klub bilan shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar tuzilgan.

Fikrlar