
Ronaldu: Grizmann mendan nafratlanadi
"Real" etakchisi Krishtianu Ronaldu "Atletiko" va Frantsiya terma jamoasi hujumchisi Antuan Grizmann unga qo‘pol munosabatda bo‘lganini aytdi.
- Evropa chempionati finalidagi g‘alabadan so‘ng, Mayamidagi ta’tilim chog‘ida Grizmanni restoranda ko‘rdim,- deydi Krishtianu Ronaldu. - U sevgilisi bilan tushlik qilayotgan edi. Antuan mening yonimga kelib, mendan nafratlanishini yuzimga aytdi.
Darhaqiqat, Krishtianu Ronaldu Antuan Grizmanni bir necha marotaba sovrinsiz qoldirdi. O‘tgan mavsumda Krishtianu Grizmannga qarshi Evropa chempionlar ligasi va Evropa chempionati finalida to‘p surdi. Har ikki musobaqada bosh sovrin Krishtianu Ronaldu va uning jamoadoshlariga nasib etdi.
Fikrlar