
Ronaldu Italiyaga etib keldi (Video)
Portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronaldu Turinga qaytib keldi.
35 yoshli futbolchi mart oyida Madeyradagi uyiga uchib ketgandi va koronavirus pandemiyasi tufayli A Seriya o‘yinlari qoldirilgani uchun mashg‘ulotlarni o‘sha erda davom ettirib kelayotgandi.
Ronaldu 14 kun davomida uy karantinida bo‘ladi. Shundan so‘ng, "Yuve" qarorgohida mashg‘ulotlarni boshlaydi.
Yaqin kunlar ichida jamoaning yana bir necha nafar legionerlari klub ixtiyoriga etib kelishlari kerak.
Fikrlar