Ronaldу jamoasi darvozaboni chempionlik oʻyinini sotganlikda ayblandi

  • 14.05.2026 07:15
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“An-Nasr” darvozaboni Bento Saudiya Arabistoni chempionatining 32-turida “Al-Hilol”ga qarshi o‘yindan keyin katta mojaro markazida qoldi.

Uchrashuv 1:1 hisobida yakunlandi, “An-Nasr” esa Bentonig 90+8-daqiqadagi avtogolidan keyin g‘alaba va muddatidan oldin chempionlikni qo‘ldan chiqardi.

O‘yindan keyin ijtimoiy tarmoqlarda braziliyalik darvozabonning “Al-Hilol” dagi sobiq jamoadoshi – himoyachi Ali Al-Lajami bilan suhbatlashayotgan videosi tarqaldi. Aynan Al-Lajamining qo‘shimcha vaqtdagi aut tashlashidan keyin “Al-Hilol” hisobni tenglashtirdi.

Shundan so‘ng ayrim muxlislar Bentoni ataylab xatoga yo‘l qo‘yganlikda ayblay boshladi. Xususan, ijtimoiy tarmoqlarda ispan tilida quyidagi post paydo bo‘ldi:

- Bentoga qarang, u sobiq jamoadoshi Ali Al-Lajami bilan gaplashyapti, aynan o‘sha futbolchi o‘yin tugashiga 10 soniya qolganda autni tashlagan edi. Unga missiyani tugatish bo‘yicha oxirgi ko‘rsatmalarni bergan. Bento rasmiy sotildi, -  deb yozdi foydalanuvchilardan biri.

Eslatib o‘tamiz, ushbu durangdan keyin Krishtianu Ronaldu o‘ynaydigan “An-Nasr” 83 ochko bilan peshqadamlikni saqlab qoldi, “Al-Hilol” esa bitta o‘yin kam o‘tkazgan holda 78 ochko bilan chempionlik uchun kurashni davom ettirmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!