Ronaldу jamoasiga “Real” yulduzini olib keladigan bo‘ldi

  • 07.01.2026 07:27
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Portugaliya terma jamoasi yetakchisi Krishtianu Ronaldu Madriddning “Real” klubi markaziy himoyachisi Antonio Ryudigerni “An-Nasr”ga olib kelish tashabbusini bildirdi.

Bu haqida Fichajes nashri ma'lumot berdi.

Germaniyalik futbolchining “Qirollik klubi”dagi kelajagi mavhum bo‘lib turibdi. 32 yoshli futbolchining ispan klubi bilan amaldagi shartnomasi iyun oyida yakunlanadi va ayni damda tomonlar yangi kelishuv bo‘yicha murosaga kela olgani yo‘q.

Shu sababli, futbolchi yanvar oyidayoq boshqa klublar bilan erkin muzokara olib borish huquqiga ega bo‘ldi.

Ryudiger atrofidagi vaziyat “An-Nasr” e'tiborini tortdi va unga bo‘lgan qiziqishni kuchaytirdi.  Saudiya klubi Ryudigerni himoya chizig‘ini mustahkamlash uchun muhim nomzod sifatida ko‘rmoqda va uzoq muddatli hamkorlikka mo‘ljallangan taklif tayyorlayapti.

Qayd etilishicha, bu transferda “An-Nasr” yulduzi Krishtianu Ronaldu muhim rol o‘ynamoqda. Chunki klubga nemis futbolchisini aynan uning o‘zi tavsiya qilgan.

Ryudiger 2022 yildan beri Madidda to‘p surib keladi va jamoa himoyasining asosiy futbolchilaridan biri hisoblanadi.

 Shu bilan birga, madriddliklar  odatda 30 yoshdan oshgan o‘yinchilar bilan shartnomani uzaytirish masalasida ehtiyotkor siyosat yuritadi, bu esa vaziyat rivojiga ta'sir ko‘rsatishi mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!