Ronaldu klubni mensimay qo‘ydi!
“Yuventus” sport direktori Federiko Kerubini Krishtianu Ronaldu nega transfer qilinganiga aniqlik kiritdi.
- “Manchester Siti”ning taklifi to‘g‘ri kelmasdi. “Manchester Yunayted” esa, o‘z an’anasiga ega klub sifatida boshqacha yo‘l tutdi. Ronaldu bizga qilgan munosabatdan keyin vaziyat boshqacha echim topishi mumkin emasdi. Biz klubni mensimay qo‘ygan futbolchini olib qololmasdik.
Biz Ronalduni hurmat qilamiz. Lekin prezidentimizning gapiga qo‘shilmay ilojim yo‘q. “Yuventus” tarixini buyuk chempionlar, murabbiylar, rahbarlar yozgan bo‘lsa-da, klub eng muhim omil bo‘lib qolaveradi, - dedi Federiko Kerubini.
Krishtianu Ronaldu 27 avgust kuni “Manchester Yunayted” taklifini qabul qildi. Yangi jamoada portugaliyalik yulduz 7-raqamda o‘ynaydi.

Fikrlar