Ronaldu "Manchester Yunayted" mashg‘ulotlarida (foto)

  • 07.09.2021 22:07
  • Javokhir Azimov
  • 1
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Xabaringiz bor, joriy mavsumni "Yuventus" safida boshlagan Krishtianu Ronaldu sobiq klubi "Manchester Yunayted"ga qaytdi.

Transferi e’lon qilinganiga 1 haftadan oshgan bo‘lsa-da, 36 yoshli futbolchi "qizil iblislar" safida  mashg‘ulot o‘tamayotgan edi. FIFA kunlari tufayli o‘z terma jamoasi bilan Jahon chempionati saralash bosqichidan o‘rin olgan o‘yinda ishtirok etgan Ronaldu Angliyaga uchib keldi.

Birinchi bo‘lib MYu bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsher bilan uchrashgan Krishtianu jamoaviy mashg‘ulotlarda ham ko‘rinish berdi. Mankuniyaliklar matbuot xizmati ushbu jarayondan fotosuratlarni taqdim etdi.

Portugaliyalik futbolchi 11 sentyabr kuni APL navbatdagi turidan o‘rin olgan "Nyukasl"ga qarshi uchrashuvda debyut qilishi kutilmoqda.

photo_2021-09-07_06-43-07

photo_2021-09-07_09-07-42

photo_2021-09-07_09-07-41

photo_2021-09-07_09-07-39

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Турсун Ғани
07/09/2021 22:46
Қирол қайтди.... МЮга...