Ronaldu: Marseloni sog‘inyapman
"Yuventus" klubi forvardi Krishtianu Ronaldu "Real"dagi sobiq jamoadoshi Marseloni sog‘inayotganini aytdi.
“Biz Marselo bilan birga o‘ynaganimizda o‘zaro ajoyib munosabatda edik. Biz haligacha o‘zaro gaplashib turamiz. U juda faol yigit va men uni sog‘inyapman”, - deydi 34 yoshli portugaliyalik futbolchi.
Eslatib o‘tamiz, Ronaldu va Marselo 2009-2018 yillarda birga faoliyat olib borishdi. E’tiborlisi, ularning har ikkalasi ham chap qanotda harakat qilishardi.
Fikrlar