Ronaldu Messi haqida: "U har doim menga yaxshi munosabatda bo‘lgan"

  • 7 iyun, 17:21
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Krishtianu Ronaldu Lionel Messi bilan bir jamoada o‘ynash ehtimoli past ekanligini ta’kidladi.

- Uzoq vaqt davomida hamma narsa Krishtianu va Messi o‘rtasidagi raqobatga borib taqalardi. Agar ular birga o‘ynashsa-chi? Axir bu hech qachon sodir bo‘lmagan. Messi bilan o‘ynab, natijani ko‘rish uchun bu chaqiriqni qabul qilish senga qiziq emasmi?

Tecno

- Bilasanmi, men Argentinaga iliq munosabatdaman - xotinim o‘sha erlik. Hatto klublar jahon chempionatida Argentina klublaridan birida o‘ynash bo‘yicha takliflar ham bo‘ldi.

Men 40 yoshdaman, Biroq, kim biladi. Aytish kerakki buning ehtimoli kam, deb o‘ylayman. Men hech qachon Argentinada bo‘lmaganman, lekin u erga bormoqchiman, argentinaliklarga katta hurmatim bor.

Messiga ham - biz ko‘p yillar davomida raqib edik, lekin avval ham aytganman: biz 15 yil davomida bir xil darajada bellashganmiz. Esimda, ilgari u ingliz tilida umuman gapirmasdi, hozir qandayligini bilmayman. Marosimlarda nima qilish kerakligi tushuntirilganda, men unga tarjima qilib berardim.

U har doim menga yaxshi munosabatda bo‘lgan va meni hurmat qilgan, xuddi men uni hurmat qilganimdek.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!