
Ronaldu muxlislari o‘qisin!
“Yuventus” hujumchisi Krishtianu Ronaldu mavsumni tarixiy natija bilan yakunladi.
Portugaliyalik futbolchi yakunlangan chempionat to‘purari bo‘ldi.
Shu tariqa, Krishtianu Ronaldu kuchli beshlik chempionatlaridan Angliya premer-ligasi, Ispaniya primerasi va Italiya A Seriyasida to‘purarlar poygasida g‘olib chiqqan yagona futbolchiga aylandi. U "Manchester Yunayted" va "Real"da o‘ynagan kezlari ham milliy chempionat to‘purarligini qo‘lga kiritgan edi.
Ronaldu yakunlangan chempionatda 33 ta uchrashuv o‘tkazib, raqiblar darvozasini 29 marotaba ishg‘ol qildi. Gollardan oltitasini penaltidan kiritdi.
“Yuventus” Krishtianuni 2018 yili “Real”dan 117 million evroga sotib olgan edi. Portugaliyalik hujumchi rasmiy uchrashuvlarda eng ko‘p gol urgan futbolchi sifatida jahon rekordini o‘rnatgan.
Fikrlar