Ronaldu MYu muxlislariga otashin murojaat yo‘lladi

Portugaliya va “Manchester Yunayted“ futbolchisi Krishtianu Ronaldu Instagram tarmog‘ida klub muxlislariga atalgan post joylashtirdi. Unda hujumchi “Old Trafford“dagi tomoshabinlardan ko‘p narsa kutayotganini aytib o‘tgan.

“Bugun biz kutgan kun. “Old Trafford“ nega “orzular teatri“ deb nomlanishini butun dunyoga isbotlab qo‘yishimiz kerak.

Siz stadionda oxirgi o‘yindagi bo‘lgani kabi ajoyib atmosfera yaratishingiz kerak. Yigitlar bundan energiya olishi muhim.

Chempionlar ligasida orzularni ro‘yobga chiqaradigan vaqt keldi. 

Biz “Manchester Yunayted“miz. Buni birgalikda amalga oshiramiz. Olg‘a, “qizil iblislar“, - deb yozib qoldirgan Ronaldu.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!